(1-QISM) Chet el ilmini bizda qo‘llash uchun, yorug‘lik tezligida uchsam - 10 yil kerak!

Поделиться
HTML-код
  • Опубликовано: 27 ноя 2024

Комментарии • 320

  • @transformatsiya110
    @transformatsiya110  2 года назад +5

    Assalomu aleykum hurmatli obunachilar!
    Umidjon Ishmuhammedov tomonidan berilgan savollarga to'g'ri javob berib, sovg'alarni yutgan ishtirokchilar aniqlandi!
    1-Savolga to'g'ri va to'liq javob bergan ishtirokchi: Muhammadjon Haydarov. Tabriklamiz!
    2-Savolga to'g'ri javob bergan insonlar mavjud ammo berilgan javoblar to'liq bo'lmaganligi bois g'olib aniqlanmadi.
    3-Savolga to'g'ri javob bergan ishtirokchi: Dilshod Abdulmajid. Tabriklaymiz!

    • @meningblogim
      @meningblogim 2 года назад +3

      Assalomu alaykum. Telefon raqam yozsam o'chib ketib qolyapti

    • @meningblogim
      @meningblogim 2 года назад +3

      Kimdur menga spam bosgan shekili

    • @dilshodabdulmajid8293
      @dilshodabdulmajid8293 2 года назад +1

      @@meningblogim mendaham shu holat? Nima qilsak bôlarkin

    • @meningblogim
      @meningblogim 2 года назад +1

      @@dilshodabdulmajid8293 telegramdan yozdim

    • @dilshodabdulmajid8293
      @dilshodabdulmajid8293 2 года назад +1

      @@meningblogim Kun uz ga mi? Transformatsiya ning kanalini topaolmadim

  • @УМАРкаюмов-г6л
    @УМАРкаюмов-г6л 2 года назад +2

    Умиджон ака сизи оллох учун яхши корамиз

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +5

    Farobiy o‘zining “Iso-al-ulum” kitobining oxirgi bo‘limida: “Inson aqli faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi va yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham mumkin,” -deb yozadi. Uning fikricha, har bir kishi bilimlarni yaxshi egallamog‘i, yaxshi va barkamol tarbiya olmog‘i, eng yaxshi fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Farobiy fikricha, kishidagi tub g‘oya - saodatdir. Tarbiya vositasi bilan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy, axloqiy fazilatlar shunga qaratilmog‘i kerak.

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Bu esa jamoaning shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir etishidir.
    Yoshlarni shaxs sifatida shakllanishida Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar katta rol o‘ynaydi. CHunki Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan, ayniqsa maktablarda uyushtirilgan tadbirlar - jipslashgan bolalar jamoasini tashkil etishda muhim vositalardan biridir. O‘quvchilarni jamoa qilib jipslashtirish uchun dastavval umumiy maqsad bo‘lishi kerak, hammaning manfaatiga to‘g‘ri keladigan, butun sinf uchun umumiy ish bo‘lishi maqsadga muvofik. Keyin jamoa orasida ishlarni aniq taqsim qilish va uni bajarilishini muntazam ravishda tekshirish lozim. Bunda hamma bir kishi ekanligi sezilib turishi lozim. Bu maktab jamoatchilik topshirig‘ini yaxshi bajargan sinf, maktab sharafi (hozirgi kunda bunday tadbirlar mahallalarda ham o‘tkazilishi maqsadga muvofiq), sinf uchun, maktab va mahalla uchun faxrlanish nimaligini tushunib olish imkonini beradi. Maktablarda, mahallalarda, kechalar, ertaliklar, ekskursiyalar, bayramlarni birgalashib o‘tkazish Yoshlar jamoasini tuzishga va uni mustahkamlashga yordam beradi.
    Maktabdagi Yoshlarni hamjihat jamoa qilib uyushtirishda maktab devoriy gazetasi katta rol o‘ynaydi. CHunki gazetalarda Yoshlarning (markaziy, shahar, tuman Yoshlar gazetasi ham), darslarni o‘zlashtirish, Yoshlarning o‘zaro va kattalar bilan munosabati, mehnatga munosabati, yutuq va kamchiliklarini yoritishi ularni o‘zini anglash, o‘ziga o‘zi baho berish kabi sifatlarni shakllantiradi. Har bir Yoshning g‘oyaviy-siyosiy saviyasi, bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishi, ongli intizomli, jamoatchilik ongining tashkil topishi, jamoat uchun foydali malakalar hosil qilish va umumiy rivojlanish kabilar muvaffaqiyat bilan hal etiladi. Agar Yoshlar uchun chop etiladigan gazetalar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, u Yoshlar jamoasini tuzishining muhim vositasiga aylanadi.
    Maktabda maktab jamoasini uyushtirish, Yoshlar kamolot jamg‘armasida bo‘lib turadigan yig‘ilishlar ham shaxs shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Yig‘ilishlar Yoshlarning fuqarolik burchini anglash hissini o‘stiradi, ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqidga o‘rgatadi. Yoshlar yig‘ilishlarida eng dolzarb va eng qiziqarli masalalar bo‘yicha bahslashish ularda hayotiy e’tiqod va dunyoqarashning barqaror shakllanishiga ta’sir qiladi va muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan umumiy bir fikrga kelish, fakt va mulohazalarni tahlil qilish va undan tegishli xulosalar chiqarishga imkon tug‘iladi.
    Yoshlarni jipslashgan jamoa qilib birlashtirishning muhim vositalaridan biri Yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilishdir. Birgalashib mehnat qilish jarayonida Yoshlarda axloqiy jihatdan muhim bo‘lgan ko‘pgina fazilatlar hosil bo‘ladi. Yoshlar jamoa bo‘lib mehnat qilishlari natijasida jamoaning qanday kuchga ega ekanligini tushunadilar, qiyinchiliklarni engishga va boshlagan ishni oxirigacha etkazishga o‘rganadilar. Ijtimoiy ishlar Yoshlarning mas’uliyat hislarini kuchaytiradi, jamoatchilik tuyg‘ularini mustahkamlaydi, ularni jamoada o‘zaro munosabatlarga o‘rgatadi.
    Yoshlarning umumiy bir maqsadga intilishlari, g‘oyaviyligi, ijtimoiy-siyosiy faolliklari, O‘zbekistonning Mustaqilligiga qo‘shgan hissalari, orzulari - ular jamoasini tashkil topishi va unda komil inson shaklida shakllanishi Yoshlar jamoasini tuzishga asos bo‘ladi.
    Yoshlarni hamjihat jamoa qilib jipslashtirishda avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan bilimlarni egallash, san’atimizning, madaniyatimizning sirlarini o‘rganish, o‘zbek xalqining ajoyib an’analaridan foydalanish hamda ularni Yoshlar ongiga singdirish katta ahamiyatga egadir.
    O‘zbek xalqining eng yaxshi an’analari kattalarni hurmat-izzat qilish, mexmondo‘stlik, uvol va undan qo‘rqish, o‘zaro hamkorlik , hashar yo‘li bilan bitmagan ishlarni jamoa bo‘lib bitirish, kattalar bilan salomlashib o‘tish, qariyalarga yordam berish, yo‘l berish, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib so‘rashish, to‘y va marosimlarda yordamlashish kabi ko‘plab ishlarga xayrixohlik bildirishni va ularni Yoshlar ongiga singdirish - bu kundalik hayotimiz jarayonida, Yoshlar bilan o‘zaro munosabatlar, ro‘znoma va

  • @azimjontoshtemirov5959
    @azimjontoshtemirov5959 2 года назад +2

    Zo'r

  • @dadabekabdumuminov6104
    @dadabekabdumuminov6104 2 года назад +2

    Ассалому алейкум, хорменглар!!!! Хавас киламан рахмат!

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +3

    Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
    1. «Risola fi A'za il Inson».
    2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
    3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
    4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
    5. «Risola fil Millatil-fazila».
    6. «Ta'liqot».
    7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
    8. «Risola uyun ul-Masoil».
    9. «Risola al-Mufarraqot».
    10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
    Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari
    Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich - birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi - samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi - faol aql, to‘rtinchisi -ruh; beshinchisi - shakl; oltinchisi - modda. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.
    Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»[5]. Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir.

  • @yunusovvalijon6840
    @yunusovvalijon6840 2 года назад +1

    Фикрлар учун рахмат.
    Афсуски Ал Фаробий тугрисида хеч кандай малумотим йук.
    Жуда хам долзарб мавзулар хакида гап бупти.
    Хозирда институтга кираман укийман деган ешлар учун керакли гаплар.

  • @mashhurbekmuhammedov1465
    @mashhurbekmuhammedov1465 2 года назад +1

    Gap yo olgaaa

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Bola shaxsi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini uning ilk davrlardagi rivojlanishini aniqlamasdan turib tushunish qiyin. Axloqiy rivojlanish ilk bor shaxsning umumiy xususiyatlari va hislatlari shaklida shakllanishi haqidagi g‘oyalar ilk bor X.Hartshorn va M.Meylar tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, ularning fikricha, axloqiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi va faoliyatga undovchi fenomenlar aniqlanmaguncha axloqiy rivojlanishni o‘rganib bo‘lmaydi. X.Hartshorn va M.Meylar olib borgan tadqiqotlarinng asosiy maqsadi axloq normalariga rioya qilishda bola shaxsining umumlashgan hislatlarini shakllantirish muhim rol o‘ynaydimi yoki xususiy axloqiy odatlar ahamiyatliroqmi, degan savolga javob topish bo‘lib, tadqiqotlardan shu narsa aniqlanadiki, axloqiy normalarni bola ongiga singdirilishida xususiy odatlarni yuzaga keltirish va o‘ziga xos ta’lim nazariyasiga asoslanish ustunligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
    O‘quvchilar tomonidan ba’zi bir axloqiy tushunchalar va tasavvurlarning o‘zlashtirilishi va ularning bola shaxsiga bo‘lgan ta’sirini psixologik nuqtai nazardan o‘rgangan V.A.Krutetskiy o‘z tadqiqotida 10 ta asosiy tushunchani tanlab oladi. Bular: qat’iylik, sezgirlik, faxrlanish, haqgo‘ylik, mardlik, bir so‘zlilik, kamsuqumlik, qo‘rqmaslik, faxrlanish, burch kabilardir. Olim o‘tkazgan tadqiqotidan shunday xulosaga keladiki, o‘quvchilar ushbu tushunchalarni mukammal tushunishlari va hayotga tadbiq etishlari uchun:

    O‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglashda shaxs axloqiy hislarining ba’zi bir jihatlari masalari P.I.Razmislov, jamoa oldida burchni rivojlantirish xususiyatlari A.L.SHnirman, burch hissini tushunish muammolari A.S.Alyakrinskaya, axloqiy jihatdan o‘zini aniqlash muammolari V.I.SHardakovlar tomonidan o‘rganilgan.
    Bolalik va maktab Yoshida shaxs tarbiyaning hal kiluvchi ta’siri ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muyayan dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ko‘rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari hamda metodlarining tasodifiy yoki stixiyali ta’sirlaridan ajralib turadi. Ma’lumki, tarbiyaning eng muhim vazifasi Yosh avlodda mustahkam e’tiqod va his-tuyg‘ular hamda ularga asoslangan ma’naviy xulq- atvorni hosil qilishdir. Bu vazifani shaxsni faol va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda, Shuningdek bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan taqdirdagina hal etish mumkin.
    Mashhur olim Gerbart tarbiyaning maqsad va vazifalari haqida quyidagi fikrlarni olg‘a suradi. Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat beradi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart tarbiya ishida aqliy ta’limga tarbiyaning eng katta va asosiy vositasi deb bilib, ta’limsiz tarbiya bo‘lmaydi deb hisoblagan.
    Tarbiya avvalo oilada, keyinchalik ta’lim- tarbiya muassasalarida ta’lim bilan birgalikda uzluksiz ravishda berib boriladi. SHaxsning qaror topishini eng muhim vazifasi o‘quvchida axloq talablariga javob beradigan e’tiqod va ideallar tarkib toptirishdir. O‘quvchi shaxsining shakllanishidagi bundan keyingi jarayon shundan iboratki, unda yuzaga kelgan axloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi, ya’ni uning ma’naviy ongi hukmronlik qiluvchi omilga , uning ijtimoiy faolligini belgilab beruvchi omilga aylanadi.
    SHaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib toptirish uchun maktab o‘quvchilarini barcha vaziyat va holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishini istashi hamda to‘g‘ri yo‘ldan borishi uchun uning nima qilishini bilishi, o‘zi ham to‘g‘ri xulq-atvorli bo‘lishni mashq qilishi zarur.
    O‘quvchilarni ongiga singdirilgan qoidalarni yaxshilab asoslab berishi isbotlangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushinib olishga va buning asoslanganligiga ishonch hosil qilishga, oqilona isbotlarga rozi bo‘lishga qodir bo‘lgan o‘smirlar va katta Yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazish paytda juda muhimdir.

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    oynomalar sahifalarida, oynan jahon eshittirishlarida doimo olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
    Shuningdek, maktab va oliy o‘quv yurtlarini oltin, kumush va imtiyozli diplom bilan bitirganlarni ota-onalar va o‘quvchilar, talabalar orasida tantanali ravishda topshirish kechalarini uyushtirish kabilar ham Yoshlarda faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi, ularni yaxshilikka intilib yashashga o‘rgatadi, o‘z xulq-atvori to‘g‘risida hushyor bo‘lib yashash ehtiyojini paydo qiladi, jamoa uchun javobgarlikka va o‘rtoqlarga o‘zaro munosabatga odatlantiradi.

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +3

    Abu Nasr Farobiy bolalarni axloqli, nazokatli qilib tarbiyalashda musiqa bilimining ahamiyati haqida bunday deydi: Bu fan shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l-atvori muvozanatni yo‘qotgan bo‘lsa, u tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga etkazadi va muvozanatli bo‘lganlarni muvozanatini uzoq muddatga saqlaydi. Musiqa ruhni davolaydi, uning sozlarining ta’siri bilan ruhiy quvvatlar o‘z substansiyasiga uyg‘unlashadi va tartibga, muvozanatga keladi”.

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Farobiy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi boʻlib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi taʼlimotni ishlab chikdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. "Har bir inson, - deydi F., - oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi... Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi". Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa boʻlib uyushishining oliy shakli boʻlib, unda insoniy barkamol boʻlib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar boʻladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida oʻzaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida taʼkidlaydi.Farobiy ulugʻ gumanist, insonparvar faylasuf sifatida inson qadrqimmatini kamsituvchi va oʻzga mamlakatlarni bosib olishga asoslangan jamiyatga qarshi chiqadi. Mutafakkir odamlarni tinchtotuv va oʻzaro hamkorlikda yashashga, insonparvar boʻlishga daʼvat etadi. "Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlangʻich asos insoniylikdir, shuning uchun odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari uchun oʻzaro tinchlikda yashamoklari lozim", - deydi mutafakkir.Farobiyning eʼtiborga sazovor fikrlaridan biri jamiyat taraqqiyotida geografik muhitning oʻrni masalasidir. Uning oʻylashicha, kishilarning muayyan qududda yashashi ularning turmush tarzi, urfodatlari, axloqi, xulqodobiga taʼsir koʻrsatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi. U mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimotida odamlarni turli guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga eʼtiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilmfanga qiziqishini inobatga oladi. F. din inson kamolotiga, maʼrifatga xizmat qilishi lozim, degan fikr tarafdori edi. Olimning dunyoqarashi diniy xurofotdan xoli boʻlib, din erkinligiga asoslangan. U islom diniga, Qurʼonga katta hurmat bilan qaradi. Uni kishilarni xulqodobga oʻrgatuvchi manba deb bildi. Ayni vaqtda undan oʻz garazli va shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi, jaholatga undovchilarning fikriga qoʻshilmadiFarobiy shahardavlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxtsaodatga eltishi, uning boshligʻi esa adolatli, yuksak axloqli va maʼrifatli, oʻzida butun ijobiy xislatlarni toʻplagan boʻlishi lozim. Pekin, shunday shahar yoki mamlakatlar boʻladiki, ularning aholisi nafsga berilgan, butun fikrizikri boylik toʻplash boʻladi. F. bunday shaharlarni johil shaharlar deb ataydi. Johil shaharlarning boshliqlari ham faqat boylik toʻplashga ruju qoʻygan boʻladi. "Ulardan chiqqan rahbar ham, - deb taʼkidlaydi alloma, - rahbarlikni moldunyo koʻpaytirishda deb biladi. Shuning uchun ham ular ertayukech moldunyo toʻplash harakatida boʻladi. Bunday rahbarlarning qoʻl ostida boʻlgan shahar xalqida har turli buzuq odatlar, shahvoniy nafs, bir-birini koʻrolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizojanjallar paydo boʻladi". F.ning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, oʻzaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar - fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida oʻzaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa boʻladi. F. fikriga koʻra, davlatni idora etuvchi shaxs oʻzining fazilat va xulqodobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan boʻlishi; yaʼni adolatli va dono boʻlishi, boshqalarga gʻamxoʻrlik qilishi, qonunlarga toʻla rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi kerak. F.ning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli boʻladi. Unda yashaydigan xalq oʻzi istagan kasbhunarni egallaydi. Bunday jamiyatda toʻla erkinlik va teng huquklik hukm suradi. F.ning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik gʻoyalari bilan chambarchas bogʻliqdir. U oʻzining ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini oʻrganishni, axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv yoʻllarini koʻrsatishni qoʻyadi. Axloqiy kamolot deganda, xayrehsonli ishlar, goʻzal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalakit beruvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasbhunarsizlikni kiritadi. F. akl, ilm va maʼrifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi.Farobiy inson fazilatlarini tugʻma va yashash jarayonida paydo boʻladigan fazilatlarga boʻladi. Olimning fikricha, tugʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi. Lekin tugʻma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tugʻma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va toʻgʻri yoʻlga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda soʻnib qolishi mumkin. Tugʻma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Baʼzi kishilar tugʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.Farobiy musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi. Yuqoridagi asarida oʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga taʼsir qiladi.Farobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Dovoniy F.ning ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy taʼlimotidan bahramand boʻlganlar.Farobiy ilgari surgan fikrlar 16-20-asr larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Jamoa yalqovlik, xudbinlik, ichi qoralik, qo‘rqoqlik, o‘z-o‘zini tuta bilmaslik, ikki yuzlamachilikni fosh qilib tashlaydi. Muvaffaqiyatsizlikdan gangib qolmaslikka ko‘maklashadi, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, tushkunlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni Yoshlar o‘z tengqurlari jamoasini o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek bo‘ladi. O‘zining yaxshi va yomon hislatlarini va jamoadoshlarning yaxshi va yomon sifatlarini bilib olish bilan birga ularga va har qanday hislatlarga ijobiy yoki salbiy munosabatni aks ettiradilar.
    Yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari turlicha bo‘lishi sababli jamoaning ham tashkil topishi va uning faoliyati unga bog‘liqdir. CHunki jamoaning yo‘nalishi faqat jamoada tarkib topadi. Shuning uchun jamoa o‘zaro munosabatlar va jamoa faoliyat tajribasi shunchaki qat’iylikni emas, balki jamoa qat’iyligini, shunchaki kamtarlikni emas, balki jamoa kamtarligini tarkib toptiradi. Jamoa tarbiyaviy ta’sirining asosiy tomoni shundaki, u tarbiya sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
    Yoshlar jamoasining asosiy vazifasi - jamoa ijtimoiy foydali faoliyatini ijtimoiy hayot va ijtimoiy axloq tajribasini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. CHunki, buning asosida yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga intilish hissi tarbiyalanadi, komil insonning hislatlari hosil bo‘ladi.
    O‘smirlar, ayniqsa, katta maktab Yoshidagi o‘quvchilarning jamoasiga nisbatan bachkanalik va xiralik bilan vasiylik qilish yaramaydi. Ancha etuk va tajribali kishilar tomonidan ko‘rsatilgan yordam, beriladigan maslahat zarurdir, xatto katta maktab Yoshidagi o‘quvchilarga ham katta Yoshdagi do‘st va maslahatchi, mehribon, g‘oyaviy jihatdan chiniqqan murabbiy lozim.
    Murabbiy rahbar jamoaning ahil, juda inoq jipslashgan bo‘lishiga, Shuningdek uning g‘oyaviy yo‘nalishiga, sog‘lom jamoa fikriga, tanqid va o‘z-o‘zini tanqidga jamoaning har bir a’zosiga nisbatan yuksak talabchanlikka ega bo‘lgan jamoa bo‘lishiga erishishi lozim. Agar jamoa oldiga ijtimoiy foydali va ayni vaqtda qiziqarli maqsad qo‘yiladigan bo‘lsa, ijobiy sifatlar tarkib topishi mumkin. Qiziqarli maqsad qo‘yish juda muhimdir, chunki o‘smirlar va ayniqsa kichik maktab Yoshidagi bolalar bu maqsad ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganligi uchungina unga hamisha ham qiziqavermaydilar. Tarbiyachining vazifasi va undan kelib chiqadigan mahorati biror vazifani o‘quvchilarga ularni qiziqtiradigan qilib qo‘ya olishida, uning ijtimoiy fikri faqat tushunarli bo‘libgina qolmasdan, balki yaqin, qadrli, nimasi bilandir shaxsiy qilib tushuntira olishda ham ko‘rinadi.
    O‘quvchi Yoshlarning asosiy faoliyati - ularning o‘qishi va o‘quv ishlaridir.
    Maktablarda o‘qish - o‘quvchilarning o‘qituvchilar tomonidan tashkil qilingan va rahbarlik qilinayotgan ijodiy chinakam jamoa mehnatidir. O‘quv ishlari to‘g‘ri uyushtirilgan taqdirda, har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan topshiriqni bajarish uchun sinfdagi o‘rtoqlari va butun maktab jamoasi oldida ma’suliyatli ekanini his qiladi. Maktablarimizda yuksak darajada o‘zlashtirib o‘qish uchun, ongli intizom uchun kurash olib borish o‘qituvchilarnigina , emas balki o‘quvchilarning ham umumiy vazifasidir.
    O‘quv ishlari - jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tashkil qilishda asosiy yo‘ldir. Hamma uchun umumiy ish bo‘lgan o‘qish butun sinf o‘quvchilarini do‘stona jamoa qilib jipslashtiradi. Sifda o‘quvchilar jamoasi tuzilgandan keyin, bu jamoa - o‘quvchilar axloqini tarbiyalashda eng muhim vositalardan bo‘lib qoladi. O‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar jamoani tarbiyalashda eng muhim vositalardan biridir. O‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar jamoasini tarbiyalaydi, uni izga soladi, mustahkamlaydi, shundan keyin bu jamoaning o‘zi katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. O‘quv ishlarining bir yacheykasi bo‘lgan sinf - o‘quvchilar jamoasining asosiy shaklidir. Jipslashgan jamoa bo‘lib birlashgan, hamjihat sinfda intizom, odatda, yuksak bo‘ladi va o‘quvchilar o‘quv dasturlari mazmunini ham yaxshi o‘zlashtiradilar.

  • @УМАРкаюмов-г6л
    @УМАРкаюмов-г6л 2 года назад +1

    Бошловчидан оллох рози болсин

  • @hamdamyuldoshev
    @hamdamyuldoshev 2 года назад +2

    Alloh rozi bo'lsin

  • @naimmaxsudov9829
    @naimmaxsudov9829 2 года назад +2

    Assalomu aleykum,gap yo'q rahmat

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarimizda kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Tarbiya jarayonida g‘amxo‘rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g‘amxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. G‘amxo‘r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.

  • @guzelergasheva7908
    @guzelergasheva7908 2 года назад +1

    Олий таълимдаги муаммомиз ҳам шунда, амалиётни кўз бўямачилик билан ўтаймиз, аслида 1-2 курсда назарий билимларни ўрганиб, 3-4 фақат амалиёт ҳар бир махсус фанларни амалиёт ини бажариш керак, шу жараёнда ўзига иш ҳам топишга ҳаракат қилиш керак, амалиёт давомида янгиликларни ҳам яратиб боришга ҳаракат қилиш ижобий натижа беради.....

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‘amxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og‘zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.

  • @ЭлбобоСобиров
    @ЭлбобоСобиров 2 года назад +1

    Kursatuvga gap yuq

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    O‘quvchilarda maksimal faollik uyg‘otish yoki jonli ravishda fikr almashish istagini uyg‘otish, ularning fikrini avj oldirish va o‘zlarini axloq masalalari ustida o‘ylab ko‘rishga majbur qilishlari zarur. O‘quvchilarga tayyor haqiqatni zo‘rlab qabul qildirish yaramaydi, axloq normalari haqidagi xulosalarni ularning aktiv ishtirokida chiqartirish kerak. Buning uchun suhbat jarayonida muhokamaga qo‘yilishi kerak bo‘lgan masalalarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.
    O‘quvchilarda chuqur va ta’sirchan emotsiyalarni uyg‘otishga intilish lozim. Bunda o‘qituvchi suhbatni befarq, shavq va zavqsiz emas, balki emotsional tarzda jonli qilib o‘tkazilgandagina erishish mumkin.O‘qituvchi o‘zining ehtirosli e’tiqodi o‘quvchilarga o‘tishini unutmaslik darkor.
    YUqorida aytilgan fikrlardan o‘qituvchilar va ota onalar o‘zlariga hamda o‘z xulq-atvorlariga nisbatan juda qattiq talablar qo‘yishi, o‘nlab bolalarning sinovchan ko‘zlari, ularning kuzatib turganliklarini hech qachon unutmasliklari kerak.
    Qonfutsiy: “Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi” degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal axloq degani hamdir.
    Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, Shuningdek, milliy mustaqillik va uning ne’matlari, respublikamiz fuqarolarida tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, qiyofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. O‘tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufayli o‘z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik hislatlari o‘rtasida adolatlilik, teng huquqlilik aloqalari o‘rnatilmoqda.
    XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati kattadir. SHaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiylik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-muhabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislarning roli yanada ortadi.
    O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik rejasi, bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.
    Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar etakchi o‘rin tutmog‘i lozim (tarbiyada etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali Yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
    Ma’lumki, Yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huqukni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug‘ullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina, o‘zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
    15.3.O‘quv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati
    SHaxsning shakllanishida ijtimoiy muhit ham muhim o‘rin egallaydi.Bolalar va kattalar muloqoti hamda hamkorligini tadqiq qilgan D.B.Elkonin, M.I.Lisina, Shuningdek, V.A.Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi, o‘quv faoliyatini ijodiy egallashda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi mahsuldor hamkorlik muhim o‘rin tutishi isbot qilingan.

  • @umarjonmaxmudov863
    @umarjonmaxmudov863 2 года назад +1

    Акалар хормелар зур.

  • @nilufarochilova666
    @nilufarochilova666 2 года назад +1

    Salomat bo‘ling

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu - muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida - muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi.Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi.U his-tuyg‘u ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi.Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi.Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir.Faol aql badanda joylashgan ruh bilan bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi.Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidirForobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi»[9].Forobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda - buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari - ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga urinishi alohida e’tiborga sazovordir.Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo‘ladi. Uning deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish payti sifatida kelib chiqish mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama (posыlka)lar haqidagi ta’limoti ajoyibdir. Qiyosning (sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot (xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar - aksiomalar). Forobiyning asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va shunga o‘xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud.

  • @zufarurinbayev8025
    @zufarurinbayev8025 2 года назад +1

    Ассаломалейкум кўрсатув иштирокчиларига. Аль- Фаробий илм соҳасидаги буюк мехнатлари уни "Иккинчи муаллим" ва "Шарқ Арастуси" номига сазовор бўлган Шарқ олимидир. Унинг илмга бўлган меҳнати сабаб бошқа буюк инсонларни яьни Ибн Сино, Ибн Баджу, Ибн Туфайл ва бошқа олимларни илҳомлантирган.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @GulnoraAkramovna
    @GulnoraAkramovna 2 года назад +1

    РАХМАТ !!!! СОГ САЛОМАТ , ОМОН БУЛИНГЛАР АМИЙН 🤲🤲🤲🤲🤲🤲

  • @nazarova2104
    @nazarova2104 2 года назад +2

    ❤❤❤❤❤

  • @ganishergayratov690
    @ganishergayratov690 2 года назад +2

    Курсатув жуда яхши чикибди

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @tolqinsodiqov8433
    @tolqinsodiqov8433 2 года назад +6

    Assalomu alaykum Umidjon. Siz kabi insonlar Millatimizning UMIDIsizlar. Abbosjon sizga ham raxmat. Alloh sizlardan rozi bo'lsin.

  • @tttttttttt9054
    @tttttttttt9054 2 года назад

    Гап йук олга фаробий

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

  • @nazirjonqosimjonov3387
    @nazirjonqosimjonov3387 2 года назад +1

    Assalomu alaykum va rohmatulloh
    Ko'rsatuvga gap yo'q. Juda zo'r. Ko'pchilik uchun manfaatli ko'rsatuv bo'libdi.
    Umidjon akani doim kuzatib boraman. Ta'lim haqida qayg'urgan insonlarga hurmatim juda baland.
    Bizdagi ta'lim tizimi hozircha juda zo'r emas. Lekin o'zgarishlar bo'lyapti, albatta. Ollohdan so'raymiz bundan ham yaxshi bo'lishini

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarimizda kimlarni teklif etishimizni xohlaysiz?

    • @nazirjonqosimjonov3387
      @nazirjonqosimjonov3387 2 года назад +1

      @@transformatsiya110Abror Muxtor Aliy, Abdusattor Abdurahimov, Muhammadali Eshonqulov, Temurbek Adhamov
      ...

  • @AlisherAtabayevich
    @AlisherAtabayevich 2 года назад +1

    Аббос ака молодес, зўр кетаяпсиз.Омад ишларизга кўрсатувизга

  • @extiromxonjorayeva6313
    @extiromxonjorayeva6313 2 года назад +3

    Assalamu alaykum ko'rsatuv juda ham zo'r chiqibdi

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @Testing-eb8hi
    @Testing-eb8hi 2 года назад +1

    Assalomu aleykum baraka toping

  • @7xazina
    @7xazina 2 года назад +1

    Katta raxmat

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Ko'rsatuv haqida qanday fikrdasiz?

  • @yunusovvalijon6840
    @yunusovvalijon6840 2 года назад +2

    Assalomu alaykum.Ishilarga omad.To‘g‘ri fikrlar yuritibsizlar.Omad silarga

  • @ШухратКенжаев-к6у
    @ШухратКенжаев-к6у 2 года назад +1

    Зур давом етинглар

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Bunday sinfda o‘zaro yordamlashish doim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi, jamoatchilik fikri esa o‘qituvchiga yordam berish uchun doim tayyor holda turadi. Shuning uchun yaxshi o‘qituvchi odatda, bolalarni o‘qitishga kirishish bilanoq o‘z sinflarini jipslashgan, hamjihat jamoaga aylantirishga harakat qiladilar. SHu maqsadda ular darslarda o‘quv ishlarining jamoa shakllarini keng qo‘llaydilar, o‘qishda orqada qolgan o‘quvchilarga o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam uyushtiradilar, intizomni buzuvchilarga qarshi butun sinf o‘quvchilari jamoatchilik fikrini jalb qiladilar.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham o‘quvchilarni jipslashtirish, jamoani tashkil qilishda muhim vositalardandir. Bu ishlar o‘quvchilarning fan, san’at, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan, ayniqsa milliy kurash, ya’ni o‘zbek kurashini tashkil qilishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.Maktab va maktabdan tashqarida tashkil qilingan ilmiy to‘garak va jamiyat, ansambl va studiyalar, sport komanda va seksiyalar - bolalar jamoasini uyushtirish shakllaridandir.
    Yoshlarni bo‘sh vaqtlarda qiladigan ishlari, ilmiy izlanishlari ularni jipslashtiradi, hamjihat jamoaga birlashtiradi. O‘quvchilarning jipslashuvi jamoani mustahkamlaydi va ularning obro‘yini oshiradi. Bundan jamoaning tarbiyaviy ta’siri ham kuchli bo‘ladi.
    Bolalarni, Yoshlarni jamoa uchun, jamoa orqali tarbiyalash shaxs shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. CHunki Yoshlar faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida o‘zaro munosabatlar asosida haqiqiy komil inson bo‘lib shakllanadi. Jamoa o‘z a’zolariga ta’sir ko‘rsatadi, ulardan muayyan xulq-atvorni talab qiladi. Jamoaning sog‘lom va obro‘li jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir. Jamoaning ma’qullash yoki qoralashi, jamoaning sog‘lom tanqidi, o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan ta’sirli va jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi muhim omildir. Hammaga ma’lumki, axloq qoidalari va normalarini buzuvchi o‘quvchiga ko‘pgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri o‘tmaydi. YOki aksincha, aybdor o‘quvchi uning xatti-harakatlariga xayrixohlik bildiribgina qolmasdan, balki bir ovozdan va chinakam qoralagan, etarlicha zarba bergan ahil jamoaning siquviga qarshi tura olmaydi. Natijada jamoa talablarining taraqqiy etishi jipslashgan, axloqiy jihatdan o‘sgan jamoa bilan birga muayyan evolyusiyani, dinamikani boshidan kechiradi.
    Sog‘lom ijtimoiy fikrga, o‘z a’zolariga nisbatan rivoj topgan tanqid va talabchanlikka ega bo‘lgan, inoq, g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan jamoa o‘z a’zolariga ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘ladi hamda ularga to‘g‘ri yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Ammo buning o‘zi kamlik qiladi. Ana shundan bunday jamoada ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini qo‘llay olishi, individual yondoshishi, nazorat usulini qo‘llash hislatlarini tarkib topshirishdan iborat vazifa bordir.
    Jamoada va jamoa uchun tarbiyalash, tarafdori bo‘lgan V.A.Suxomlinskiy ham bolalar jamoasida bolalar xatti-harakatini muhokama qilishdan qochish zarur, chunki bundan ayrim hollarda bola psixikasini shikastlanishi, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblaydi. Darhaqiqat, jamoa inoqlik bilan kerakli yo‘nalishda ish tutib, ta’sir ko‘rsatishning o‘zini oqlamagan shakllarini (burchakka turg‘izib qo‘yish, urish, qulog‘ini cho‘zish) qo‘llashga harakat qilgan ayrim hollarda ham bo‘ladi. Barcha hollarda o‘qituvchining jamoa ishiga aralashishi va uni kuzatish xuquqi saqlanib qoladi, shunday bo‘lsa ham, jamoa ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini tanlay olishiga erishish kerak.
    Jamoa orqali Yoshlarni tarbiyalashda bola, o‘smir va o‘spirin o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek his qilishi muhimdir. CHunki Yoshlar haqiqiy jamoadagina o‘zini-o‘zi anglaydi, kamchilik va yutuqlari, salbiy va ijobiy sifatlarini farqlaydi, jamoadagi ideal kishilardan o‘rnak oladi, ularga o‘xshashlikka harakat qiladi, o‘zini-o‘zi tarbiyalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash esa insonning axloqiy sifatidir. Unda Yoshlar o‘zini-o‘zi qo‘lga oladi, salbiy sifatlaridan holi bo‘lishga, yaxshi sifatlarni o‘zida shakllantirishga harakat qiladi.

  • @guzelergasheva7908
    @guzelergasheva7908 2 года назад +1

    Форобий юнон мутафаккирларини асарларини ва эллин маданиятини ҳадсиз билимдони бўлиб, Платон, Аристотелнинг барча фалсафий, илмий асарларига тақриз ва шарҳ ёзган, яъни уларни шарҳлаб берган, Аристотелни Метафизика асарига шарҳ ёзиб, Аристотелдан кейинги иккинчи муаллим унвонига сазавор бўлган, юнон маданияти ва илм фанини яхши билгани, Аристотелга ўхшаб фанларни таснифлагани сабабли шарқ Арастуси номи билан машҳур бўлган. У илмларни бешта асосий туркумга ажратади, 1 тил ҳақидаги илмлар, 2 мантиқ илми, 3 математика, етти мустақил илмлар(арифметика, геометрия, оптика, мусиқа, механика, сайёралар), 4 табиий илмлар ва илоҳий илмлар

  • @dilshodjuraboev5140
    @dilshodjuraboev5140 Год назад

    ishilaga rivoj✊

  • @qaha_hakimiy
    @qaha_hakimiy 2 года назад

    Ассалому алейкум бу лойихелаям жудаям зур бупти омад тилиман!!!
    Форобий унинг тахаллуси бўлиб, тўлиқ номи Абу Наср Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Узлуғ Тархон - жаҳон маданиятига катта ҳисса қўшган Марказий осиёлик машҳур файласуф, қомусий олим. Ўрта асрнинг бир қанча илмий ютуқлари, умуман Яқин ва Ўрта Шарқ мамлакатларида тараққийпарвар ижтимоий-фалсафий тафаккур ривожи унинг номи билан боғлиқ. Форобий ўз замонаси илмларининг барча соҳасини мукаммал билганлиги ва бу илмлар ривожига катта ҳисса қўшганлиги, юнон фалсафасини шарҳлаб, дунёга кенг танитганлиги туфайли Шарқ мамлакатларида унинг номи улуғланиб, “Ал-Муаллим ас-соний” - “Иккинчи муаллим” (Аристотелдан кейин), “Шарқ Арастуси” деб юритилган.
    Форобий туркий қабилалардан бўлган ҳарбий хизматчи оиласида, Сирдарё қирғоғидаги Фороб - Ўтрор деган жойда туғилган. У туғилган ҳудуд Сомонийлар томонидан бошқарилиб, араб халифалигининг шимолий чегараси ҳисобланган. Форобий бошланғич маълумотни она юртида олди. Сўнг Тошкент (Шош), Бухоро, Самарқандда ўқиди. Кейинроқ ўз маълумотини ошириш учун араб халифалигининг маданий маркази бўлган Бағдодга келди. Бағдодда бу даврда мусулмон дунёсининг турли ўлкаларидан, хусусан Марказий Осиёдан келган кўп илм аҳллари тўпланишган эди. У ерга бора туриб Форобий Эрон шаҳарлари - Исфаҳон, Ҳамадон, Райда ва бошқа жойларда бўлди. Форобий Бағдодда ал-Мутаддил (829-902), ал-Муқтафий (902-908), ал-Муқтадир (908-932) халифаликлари даврида яшади. У бу ерда ўрта аср фани ва тилининг турли соҳалари, юнон фалсафий мактаблари билан чуқур танишиб, ўзга диний эътиқод, фалсафий фикрдаги кишилар билан илмий мулоқотда бўлди. Абу Башар Матта ибн Юнусдан (870-940) юнон тили ва фалсафасини, Юҳанна ибн Хийлон (860-920)дан табобат ва мантиқ илмини ўрганди. Айрим маълумотларга қараганда, у 70 дан ортиқ тилни билган.
    Форобий ўз давридаёқ буюк олим сифатида машҳур бўлган. Шарқ халқларида у ҳақда турли ҳикоя, ривоятлар вужудга келган. Ўрта аср олимларидан ибн Халликон, ибн ал-Қифтий, ибн Аби Усабиъа, Байҳақийлар ўз асарларида Форобий ижодини ўрганиб, унинг ғояларини ривожлантирганлар. Хусусан, ибн Рушд Форобий асарларини ўрганибгина қолмай, уларга шарҳлар ҳам (“Силлогизмга нисбатан ал-Форобийнинг фикри”, “Абу Насрнинг мантиққа доир асарида ифодаланган фикрнинг баёни” “Ал-Форобий, хусусан унинг “Органон” изоҳларига турли шарҳлари” ва б.) ёзди. Аверроизм номи билан машҳур бўлган унинг фалсафий таълимотининг шаклланиши дастлаб Форобий ва ибн Сино фаолияти билан боғлиқ. Аверроизм илмий тенденцияларни ифодаловчи илғор йўналиш сифатида кенг ёйилган ва Уйғониш даврининг кўп илғор мутафаккирлари дунёқарашига таъсир кўрсатган.
    Форобий 949-950 йилларда Мисрда, сўнг Дамашқда яшаб, шу ерда вафот этган ва “Боб ас-сағир” қабристонига дафн қилинган дейилади.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

    • @qaha_hakimiy
      @qaha_hakimiy 2 года назад +1

      @@transformatsiya110 keyingi sonlarda xam Umid akaga o'xshagan gapi bilan amali biri biriga mos keladigan muvofaqiyatga erishgan va erishayotgan insonlarni taklif qilishilarni xoxlardim! Ayniqsa o'zini xarakati intilishi bilan 0 dan yuqori darajalaga erishgan insonlar bolsa judayam yaxshi bo'lardi!

  • @tohirturaqulov103
    @tohirturaqulov103 2 года назад +3

    Assalomu alaykum, Ko'rsatuv juda yaxshi chiqibdi, manfaatli ko'rsatuvlardan biri bo'libdi. Umid aka, Farobiy 70 dan ortiq tillarni bilgan. Bugun biz yoshlar bitta ingliz tini o'rganolmay yuribmiz, Ingliz tini o'rgan desak ee nima o'zgarardi bu bilan deydi ko'pchilik, Bilishmaydiku Eng zamonaviy ilm hozirda ingliz tilida chiqyapdi, Rivojlanish uchun Rivojlangan mamlakatni tilini bilish va U bilan firk almashish uchun til juda muhim ku, Ingliz tilini o'rganyapmiz, Olloh nasib qilsa siz bilan ham uchrashish nasib qilsin🤲

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

    • @tohirturaqulov103
      @tohirturaqulov103 2 года назад +1

      @@transformatsiya110 Laziz Adhamovni taklif etishlaringni xohlardim!

  • @Xosil.01
    @Xosil.01 2 года назад +2

    Ал Фаробий (Абу Наср Мухаммад ибн Мухаммад ибн Узлуг Тархон) жахон мадантятига катта хисса кушган Марказий осиёлик машхур файласуф, комусий олим. Юнон фалсафасини жуда чукур билгани учун Аристотелдан кейинги иккинчи муаллим Ал Муаллим ассрний Шврк Арастуси номларига сазовор булганлар. Бази маълумотларга Ал Фаробий караганда 70 дан ортик тилни билганлар. Фаробий 160 дан ортик асар ёзганлар лекин уларнинг аксарияти бизгача етиб келмаган, лекин мавжуд рисолаларни узиёк унинг буюк олим булганига далолат беради. Фарлбий кадимги Юнон мутафаккирлари Платон, Аристотел, Эвклид, птоломейларнинг асарларига шархлар ёзган. Абу Али ибн Сино Фаробий шархларини укиб, Аристотел асарларини тушунганлигини алохида таъкидлайди. Фаробийнинг шарх ёзган фаолияти факат Шаркнигина эмас, урта аср Европасини хам юнон илми билан таништиришда катта рул уйнаган.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Ko'rsatuvimiz haqida qanday fikrdasiz?

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Shu o‘rinda Abu Nasr Farobiyning axloqli kishi to‘g‘risidagi fikrini keltirishni joiz topdik. U «o‘n ikki tug‘ma xislatni» birlashtirgan kishigina axloqli bo‘la oladi, deb ta’kidlaydi. Ular:
    - birinchidan, bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi kerakki, bu organlari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;
    - ikkinchidan, barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini (haqqoniyligini) tezda payqay olsin;
    - uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birortasini xotiradan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin;
    - to‘rtinchidan, zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin;
    - beshinchidan, so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;
    - oltinchidan, bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin;
    - ettinchidan, ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin;
    - sakkizinchidan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin
    to‘qqizinchidan, ruhi g‘ururli va o‘z vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo‘lsin;
    - o‘ninchidan, dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;
    - o‘n birinchidan, o‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga hurmat bilan, adolatsizlikka, jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, go‘zal va yaxshi hisoblangan narsalarni barchaga taqdim etgan holda, odamlarni adolatga targ‘ib etadigan holda adolatsizlik natijalarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin;
    - o‘n ikkinchidan, adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida, adolatsizlik, pastkashlik oldida qat’iy so‘zlik bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin.
    Farobiy inson uchun xos bo‘lgan bu o‘n ikki xislatni o‘z asarida ilmiy-falsafiy jihatdan asoslab beradi. Bu asar yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida, ayniqsa o‘zligini anglashda bebaho manba bo‘lib hisoblanadi.
    Abu Nasr Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimagqlarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlar o‘z ifodasini topgan.
    Farobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
    Farobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangan, tabiiy ilmlarni tabiiy jismlar tuzilishini Shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat - o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
    Farobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi, u boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi, deb hisoblaydi.
    Bunga Farobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib-qoidalariga rioya qiladi.
    Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va Shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
    Insonning axloqiy xislatlarini shakllantirish asosan tarbiya va tarbiyachining, bilimdon muallimning vazifasidir.
    Abu Nasr Farobiy ilg‘or pedagogik qarashlari ilk o‘rta asr madaniyatining yuksalgan davridagi bu sohadagi yuqori g‘oyalarni o‘zida mujassam qila oladi. Farobiy falsafasi, jumladan, uning pedagogik g‘oyalari, xususan ijtimoiy pedagogikasi sharq va G‘arbning so‘nggi mutafakkir olimlariga - Ibn Sino, Beruniy, Miskaviyx, ibn rushd, ibn Xoldun, Rodjer Bekon, David, Didakta, Spinoza kabilarga katta ta’sir ko‘rsatdi.
    Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadiki, «Ta’lim - degan so‘z xalqlar va Shaharliklar o‘rtasida nazariy faziltni birlashtirish, tarbiya esa Shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazalatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni Shu xalq, Shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir», - deydi.
    Farobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l - ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birshaltirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkialasi birlashsa, etuklik namoyon bo‘ladi, ammo bu etuklik bilim va amaliy ko‘nikmalarni qay darajada o‘rganganligiga qarab paydo bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
    Farobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Farobiy ta’lim-tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi - qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +2

      Assalomu Aleykum! Siz Umidjon Ishmuhammedov tomonidan berilgan 1-savolga to'g'ri javob berib, g'olib bo'ldingiz!
      Siz bilan bog'lanishimiz uchun telefon raqam qoldiring!

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +2

      @@meningblogim Telefon raqamingizni yozib qoldiring

    • @meningblogim
      @meningblogim 2 года назад +2

      @@transformatsiya110 telefon raqam ochib ketib qolyapti

    • @meningblogim
      @meningblogim 2 года назад +2

      @@transformatsiya110 Assalomu alaykum. Yozgan xabarlarim o'chib ketyapti

  • @122qwasd
    @122qwasd 2 года назад +2

    Assalom alaykum Umidjon aka siz Millat umidisiz sizga havas qilaman

  • @shuhratkurbanov6752
    @shuhratkurbanov6752 2 года назад

    Ishlarizga omad

  • @dilraboabdukarimova8923
    @dilraboabdukarimova8923 2 года назад +2

    Assalomu alaykum ishlarga omad

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Assalomu aleykum, ko'rsatuv sizga yoqdimi?

    • @sharifaumurzokova5022
      @sharifaumurzokova5022 2 года назад

      Хурматли умиджон сизни мактабингиз пуллими 1 .йилга неча пул еки текинми канака болалар укийди шу хакида кандай билиш мумкин

  • @zikrillaalimov5892
    @zikrillaalimov5892 2 года назад +1

    Juda ajoyib suhbat.

  • @testfon4032
    @testfon4032 2 года назад

    Зур

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

    • @xusniddinabdusamatovnurali6752
      @xusniddinabdusamatovnurali6752 2 года назад +1

      Форобий ўз замонаси илмларининг барча соҳасини мукаммал билган. Шарқ мамлакатларида унинг номи улуғланиб, “Ал-Муаллим ас-соний” - “Иккинчи муаллим” (Аристотелдан кейин), “Шарқ Арастуси” деб юритилган.

  • @shaxlotoychiyeva3481
    @shaxlotoychiyeva3481 2 года назад +1

    Assalom aleykum. Umidjon aka sizga juda havas qilaman. Olloh rozi bo'lsin

  • @ЗоираНадирова
    @ЗоираНадирова 2 года назад

    Great

  • @dildoraruziyeva2034
    @dildoraruziyeva2034 2 года назад +1

    Assalomu alaykum ko'rsatuv judayam qiziqarli, foydali chiqibti

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @zed_991
    @zed_991 2 года назад +3

    Ассалому алейкум. Очень понравился выпуск, охватывающий темы бизнеса и образования в Узбекистане и за его пределами. Видно то, что Умид ака умный и образованный человек. С нетерпеньем жду 2ой части!

  • @Hsbvsgsjak
    @Hsbvsgsjak 2 года назад

    Assalomu alaykum hormanglar

  • @deltaslope1422
    @deltaslope1422 2 года назад

    malades

  • @ДавронҲушвақтов
    @ДавронҲушвақтов 2 года назад

    Қизиқарли ва зарур кўрсатув. Аммо "сув" кўп. Узоғи билан 10 дақиқада моҳиятини етказиш мумкин эди.
    Ўзбекистон ривожланишда қолиб кетмаслигининг муҳим шартларидан бири, халқ менталитети. Менталитет эса (деярли) ўзгармас категория. Чет элларда таълим олиб қайтган бир неча юз ёшлар ривожланишга бир оз туртки бериши мумкин ҳалос.
    Совет тизимида ҳам, ҳозирги тизимда ҳам маорифда ахборот бериш билан чекланилган.
    Мустақил, эркин, танқидий фикрлашга ўргатиш болаликдан бошланиши керак, лекин бизнинг менталитетимиз бунга жиддий тўсқинлик қилади.("каттага гап қайтарма", "савол беравермай, айтганимни қил"," ўқиб, ойни олиб берармидинг, ўндан кўра фалон ишни қилиб қўй" ва ш.к. ва ҳ.к.) Ота-оналар бола тарбиясини фақат едириб, ичириш, кийинтириш, катта бўлгач, уйлантириб қўйиш, машина олиб бериш, иложисини тополса, уй сотиб ё қуриб бериш, "ёғлироқ" ишга жойлаб қўйиш, турли ҳил тўйлар қилиш,- деб билишади. Мана ўзбекча менталитет қирралари!
    Сингапур, Жанубий Корея ва бошқа юксак ривож топган мамлакатлар бевосита Дунё океанига чиқа олишади ёки ўзлари каби ривожланган мамлакатлар қуршовида, Ўзбекистон - истисно.
    Ва учинчи тўсиқ - ислом фундаментализми. Ислом билан ўзбек менталитети чамбарчас боғланиб кетган. Боз устига, ақидапарастлик кун сайин кучайиб бормоқда.У ўйлаш, фикрлаш, демак, ривожланишга ҳар доим тўсқинлик қилади.(исломга эътиқод қилувчиларнинг ҳаммаси ҳам террорчи эмас, лекин террорчиларнинг барчаси ақидапарастлар).
    Шу сабаб, "ўқиб, олим бўлган" лар бизнесини ўзга юртларда очишади ёки уни ўша ерларда ривожлантириб, кейин қолиб кетишади.....

  • @soloxiddinboboev2351
    @soloxiddinboboev2351 2 года назад +2

    Узбекистонга шунака боларни солик тизимини талим сохасида шулардан урганиш керак солик сохидагилар

  • @umidstrong8103
    @umidstrong8103 2 года назад +3

    assalomu alekum koʻrsatuvilar juda zoʻr chiqibti.meni oʻgʻlim 6 yosh keyingi yil maktabga kiradi koʻrsatuvilardi koʻrib dadasiga aytsam Oʻzbekistonda qancha boy odamlar bor bizni bolamizga yoʻl bolsin,ular katta katta pul toʻlab kirgizishadi dedi, farzandimiz juda bilimga chanqoq sergʻayrat bola iltimos shu farzandimni maktabizga qabul qiling,men uni boy bolsin deb oʻqitishni istamiman shu sizga oʻxshab yurtimizga xalqimizga kerakli inson bolishini xohlayman men oʻzim oddiy uy bekasiman turmush oʻrtogʻim asaka avtomobil zavodida ishlaydi ish xaqlari 3 4 million, farzandimizni qabul qilsangiz mayli yaltirab kiyinmasak xam qozonimiz xar kuni qaynamasa xam eplab oʻqitardik,3nafar farzandim bor 6 yosh 3 yosh va 9 oylik, oʻzim ziyoli oila farzandiman ,iltimos yozganlarimni beeʼtibor qoldirmang,sizga oʻxshagan ziyoli insonlar safi kopaysin

    • @AbbosRizkiyev
      @AbbosRizkiyev 2 года назад +2

      Илтимосингизни албатта етказамиз

    • @umidstrong8103
      @umidstrong8103 2 года назад +1

      Ollox yanada ishlaringizni rivojini bersin,meni bolam xam sizlarga oʻxshab xalqimizni davlatimizni xamisha xizmatida bolsin iloxim javobilar uchun juda xursand boldim raxmat kattakon,

    • @umidstrong8103
      @umidstrong8103 2 года назад

      @@AbbosRizkiyev iltimosimni yetkazdilarmi

  • @ulugbekorolov2364
    @ulugbekorolov2364 2 года назад +1

    Assalomu aleykum hormanglar

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +3

    Umidjonaka aka bilan kamida 3 sog'ot interviyu olish kerak. 50 minut oz

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Ko'rsatuv haqida qanday fikrdasiz

    • @meningblogim
      @meningblogim 2 года назад +1

      @@transformatsiya110 ko'rsatuv zo'r, agar iloji bo'lsa video oxirda ko'rsatuvga mexmon shaxsni ish joyidan xam reportaj qilinsa yanyam zo'r chiqadi. Xozirgisi xamma qatori bo'lib qolgan.

  • @dunyosiyosatjamiyat7753
    @dunyosiyosatjamiyat7753 2 года назад

    Zo'r ko'rsatuv bo'ldi. Rahmat.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

  • @furqatazamatov8670
    @furqatazamatov8670 2 года назад +1

    Umidjon sizni Chotki tv da fikrlaringizni kòrib eshitgandim . Kelajakda yoshlarimizni ta‘limni mukammal olishi uchun sizday ilim egalari kòpaysin deb duo qilaman

  • @lochinbeksuyunov4888
    @lochinbeksuyunov4888 2 года назад +2

    Ishmuhammedovga o'xshagan ilmli insonlar ko'paysa faqat foydamizga ishlaydi. Ilm berish va innovatsiondan talimdan charcamang aka. Sizni M faktordan kuzatib turaman. Transformatsiyaga omad.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Ko'rsatuv sizga yoqdimi?

    • @lochinbeksuyunov4888
      @lochinbeksuyunov4888 2 года назад +1

      Albatta. Zamonaviy insonlar bilan eng zamonaviy fikr mulohazalar,suhbatlar faqat Transformatsiyada. Lohiyani uzoq davom etishiga tilakdoshman.

  • @hurshidahmedov8870
    @hurshidahmedov8870 2 года назад +1

    Assalomu alaykum. Koʻrsatuv juda ham zoʻr chiqibdi.
    Umidjonnikidek bilim yurtlari koʻpaysin.
    Mani farzandim TATU Belarus fakultetida oʻqiydi. Oʻzini kaspi boʻyicha bilim berish nol. Umuman uning kaspiga taʼluqli boʻlmagan fanlar oʻtilmoqda. Oʻquv kursiga berdim haqiqiy IT boʻyicha bilim oldi.
    Endi universitetga toʻlagan pulimdan kechib, mana shunday hususiy yangi ochilgan bilim yurtiga bermoqchiman.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

  • @sirojiddinraxmonov123
    @sirojiddinraxmonov123 2 года назад +1

    Hormanglar

  • @begalirayimov229
    @begalirayimov229 2 года назад +2

    Abu Nasr Farobiy - "Al Muallim as-sony" ("Ikkinchi muallim") Arestoteldan keyin "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'ldi.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +2

      Javob uchun rahmat! Ko'rsatuv haqida qanday fikrdasiz?

  • @ilhomjontinchlikov5660
    @ilhomjontinchlikov5660 2 года назад

    Alloh rozi bo‘lsin sizlardan

  • @everything_you_want_uz
    @everything_you_want_uz 2 года назад

    Assalomu alekom ishlarilaga omad

  • @dilnozaabralovna8790
    @dilnozaabralovna8790 2 года назад +2

    Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon xizmatchi oilasida Sirdaryoda tavallud toadi. uning hayotiga nazar solar ekanmiz, u falsafa tushunchasiga juda katta hissa qo'shgan olimlardan hisoblanadi , u boshlang'ich ta'limni olib, dastlab Toshkentda, Buxoro va Samarqandda tahsil oladi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan yunon tili va falsafasini,Yuhanna ibn Xiylon dan tabobat va mantiq ilmini oʻrgandi. buyuk olim 70 dan ziyod tillarni bilganligi esa bizni yana bir karra lol qoldiradi. 949-950-yillarda turkiy qabilalardan bo'lgan faylasuf Damashqda vafot etadi. U insoniyatga juda ko'plab meroslar qoldira olgan jumladan:“Kitob fi-l harakat al-falaka doimatun”, "Kitob al-madxal ila-l mantiq", “Risola fi mohiyat an-nafs”, va h.k .Al- Forobiy “Yudduzlar haqidagi qoidalarda nima toʻgʻri va nima notoʻgʻriligi toʻgʻrisida” risolasida tabiatda bo'ladigan barcha hodisalarni osmon jismlari bilan bog'liqligini chiroyli qilib tasvirlab bergan. bundan tashqari u musiqa olamida ham katta o'rin eggalaydi sababi u yangi asboblar yaratilishiga ham hissa qo'shgan.Faylasuf o'z ta'limotida mavjudot 4 unsur - tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi- degan fikrlarni beradi.Forobiy bilish jarayoni har 2 bosqichga bogʻliqligini, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini alohida taʼkidlaydi

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +2

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarimizda kimlarni teklif etishimizni xohlaysiz?

    • @dilnozaabralovna8790
      @dilnozaabralovna8790 2 года назад

      @@transformatsiya110 Otabek Mahkamovni taklif qililar. oldindan raxmat

  • @Quyin
    @Quyin 2 года назад

    thanks

  • @baxodirusarov2853
    @baxodirusarov2853 2 года назад +2

    Ассалому алайкум.Умид ака,Фарход ака.Курсатув зур чикибди.Инсонни акли,илми,чексиз имкониятлар калитилигини курсатувчи курсатув булибди.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

    • @umidstrong8103
      @umidstrong8103 2 года назад

      Agar farzandimni shu maktabga qabul qilsa borimizni beri bolsa xam oqitamiz

  • @ОтаБекНасиРов-я2ц
    @ОтаБекНасиРов-я2ц 2 года назад +1

    Ассалому алайкум рахмат каттакон.

  • @ravshanraximboyev5628
    @ravshanraximboyev5628 2 года назад

    Ajoyib. Super

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

  • @jasurquranboyev3811
    @jasurquranboyev3811 2 года назад +2

    rahmat, ishlaringiz hayrli bo'lsin

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +2

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

    • @jasurquranboyev3811
      @jasurquranboyev3811 2 года назад +1

      @@transformatsiya110 Ikrom Sharif, Botir Arifjanov

  • @М.Низомиддин
    @М.Низомиддин 2 года назад +2

    Ассалому алайкум булшган билимларнгизни Аллах зиёда килсин

  • @pubguzb100
    @pubguzb100 2 года назад +1

    👍

  • @moxirbektoxirjonov2905
    @moxirbektoxirjonov2905 2 года назад +1

    Zor

  • @xusniddinabdusamatovnurali6752
    @xusniddinabdusamatovnurali6752 2 года назад

    Форобий ўз замонаси илмларининг барча соҳасини мукаммал билганлиги ва бу илмлар ривожига катта ҳисса қўшган, юнон фалсафасини шарҳлаб, дунёга кенг танитганлиги туфайли Шарқ мамлакатларида унинг номи улуғланиб, “Ал-Муаллим ас-соний” - “Иккинчи муаллим” (Аристотелдан кейин), “Шарқ Арастуси” деб юритилган.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat, keyingi sonlarimizga kimlarni taklif etishimizni xohlaysiz?

  • @nazirjonqosimjonov3387
    @nazirjonqosimjonov3387 2 года назад +1

    al-Farobiy ideal davlatni musulmon davlati deya takidlagan. Uning fikriga ko'ra siyosiy to'ntarishlarga sabab davlatni donishmand inson boshqarmagani edi.
    Albatta boshqaruv ilmli insonni qo'lida bo'lishi har tomonlama yaxshi!

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.
    Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
    1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
    2. Mantiq.
    3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
    4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
    5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.
    O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi.
    Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi.
    Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»[6]. Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini - hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»[7].«Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir[8]. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki shaklining usul va xususiyati - hissiy va aqliy - ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka.

  • @shokirqazoqov4927
    @shokirqazoqov4927 2 года назад

    Ассалому алейкум койилман юрт равнаки ва келажак ешлари онгини ривожлантиришдек Олий максадингиз йулида сабот тилайман. Оллох Рози булсин омин.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +2

    V.YA.Lyaudis va uning shogirdlari hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat tarkibini sharhlashga alohida e’tibor beradilar. Uning maqsadi-o‘qishda o‘zlashtiriladigan predmetli faoliyatning hamda birgalikdagi harakat aktlarining, munosabatlari va muloqotning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini qurish hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat predmeti o‘qish faoliyatining anglangan va umumlashgan usullari va birgalikdagi faoliyatning o‘zaro ta’siri va muloqot normalaridir.
    Yirik psixolog B.F.Lomov umumiy psixologiyada qabul qilingan faoliyatni tahlil qilish sxemasini ko‘rib chiqib, ushbu faoliyatni bajaruvchi individning boshqa individlar bilan hamkorligi o‘zaro ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif psixologiyada o‘zaro ta’sir faqat ijobiy hollardagina nazarda tutilishi, lekin uning sxemasi ochib berilmaganligini uqtiradi. Uning fikricha, individual faoliyatni tahlil qilgan tadqiqotchilar faoliyat sub’ektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavhumlashtirganlar. Biroq bu mavhumlashtirish qanchalik muhim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘rganilayotgan hodisalarni bir tomonlama ochish imkoniyati to‘g‘risidagi fikrlar B.F.Lomov tomonidan asoslab ko‘rsatilgan.
    YUksak g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan, umumiy maqsad, harakatlarning bir-biriga mosligi va uyushqoqligi bilan bir butun, nihoyatda hamjihat, sog‘lom hamda muayyan maqsadni ko‘zlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash - Yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday Yoshlar jamoasi tarbiyachining tayanch yordamchisi, tarbiyaviy ta’sirning qudratli qurolidir.
    Jamoa va Yoshlar ularning bir-biriga bog‘liqligi g‘oyat darajada cheksizdir. CHunki odam shaxs sifatida tug‘ilmaydi, u individ sifatida dunyoga keladi. Odamlar ya’ni ota-onalar, atrofdagi kishilar bilan bo‘lgan muloqotda, o‘zaro munosabatlarda shaxsga aylanadi. Bu narsa yasli Yoshidagi bolalar orasida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan. Agar katta Yoshdagi odamlar bola bilan munosabatda bo‘lmasalar, bola bilan “gaplashmasalar” va o‘ynamasalar, u aqliy va hissiy taraqqiyot jihatdan keskin suratda orqada qolib ketadi.
    SHaxs ong egasi bo‘lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to‘plangan narsalar bilan munosabatda bo‘ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Bola o‘yinga adabiy qahramonga taqlid qilishiga intilishi, munozaralarda qatnashishi - bularning hammasi maktab o‘quvchisi shaxsini faolligining namoyon bo‘lishidir.
    Bola shaxsini tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bundan bola avvalo o‘zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Aqidani o‘ynagisi kelyapti”. Undan keyin bolani o‘z-o‘zini anglashining sodda shakli sifatida o‘z xarakter hislatlarini anglash yuzaga keladi. Lekin faqat Yoshlar jamoasining boshqa a’zolari bilan bo‘ladigan munosabatdagina bolaning o‘z-o‘zini anglashi jamoada o‘z rolini anglash darajasigacha ko‘tariladi. Boshqalar uni “yaxshi” yoki “yomon” deb baho berishlarini tushungandan keyingina bola o‘z-o‘ziga baho berishni o‘rganadi. Mana shunday yo‘l bilan taqlid qilish yuzaga keladi. Avval qisqa muddatli, ba’zan tasodifiy jarayon sifatida, undan so‘ng esa jamoaning etarli darajada faol ta’sir ko‘rsatishi tufayli shaxsning hislati sifatida o‘z-o‘zini tanqid qilish hislati yuzaga keladi. Shuning uchun tarbiyaning muvaffaqiyatli shartlaridan biri - shaxsni “jamoada va jamoa orqali tarkib toptirishdir”.
    O‘smir o‘z tengqurlari, jamoa hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, jamoa manfaatlarini ko‘zlab yashashiga hamda o‘z xatti-harakatlarini ana shu jamoaga bo‘ysundirishga o‘rganadi. O‘quvchi faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida jamoa o‘zaro birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo‘nalishni taraqqiy ettirish, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi to‘g‘ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan tashqarida bunday sifatlarni umuman tarbiyalab bo‘lmaydi. Shuningdek, tengqurlar jamoasi shaxsning barcha ijobiy sifatlarini (kamtarlik, vijdoniylik, qat’iylik, o‘z-o‘zini tuta bilish va h.k.) tarkib toptirish va taraqqiy ettirishga ta’sir ko‘rsatadi.

  • @eldorniyozov9983
    @eldorniyozov9983 2 года назад +1

    Assalomu alaykum, Umid aka omad sizga

  • @QaxorovJurabek-o9u
    @QaxorovJurabek-o9u 24 дня назад

    Assalomu alaykum

  • @alijonbolbekov5180
    @alijonbolbekov5180 2 года назад +1

    Ishlaringizga alloh rivojini bersin!

  • @nonenone7801
    @nonenone7801 2 года назад +1

    Shunaqa insonlar trening utsa yarashadi. Bazi treningchilar sal uyalishsin qilayotgan ishlaridan

  • @meningblogim
    @meningblogim 2 года назад +4

    Farobiyning ilmiy merosini oʻrganish 20-asrning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini oʻrganishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S. N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish borasida koʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux, Saidhusayn Nosir, Mahmud Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. Qozoq olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus tilida chop etib, ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. F.ning boy ilmiy merosini oʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov, V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa allomaning hayoti, ijodi va falsafiy qarashlari haqida i.t. olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq Shoʻrolar davrida birinchi bulib I. M. Moʻminov rahbarligida 1966-yil Forobiyning falsafiy merosi hamda dunyoqarashiga bagʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos soldi.
    Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi.[1]
    Qiziqishi. Tibbiyot, algebra, falsafa, astronomiya, alkimyo, matematika, islomshunoslik, teologiya, mantiq, fizika,
    Asosan faylasuf bo'lgan

  • @Barkhayat-e4j
    @Barkhayat-e4j 2 года назад

    Assalomu alaykum. Ko'rsatuvni oilaviy tomosha qildik. O'g'limizni Ishmuhammedov maktabiga qo'yishni niyat qildik. Farobiy haqidagi eng mashhur ma'lumotlarni bilamiz. Ikkinchi muallim. Ko'plab tillarni bilgan. "Fozil odamlar shahri" asari muallifi

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

    • @Barkhayat-e4j
      @Barkhayat-e4j 2 года назад +1

      Assalomu alaykum. Hozirgacha taklif etilmagan bo‘lishsa, Muhammadali Eshonqulov, Xushnudbekl bilan suhbat bo'lsa yaxshi bo'lardi.

  • @sardorbekomonov912
    @sardorbekomonov912 2 года назад +2

    Assalom alekum ko'rsatuv juda foydali va kerakli bo'ldi hozirgi eng og'riqli masalalar yoritildi, keyingi ishlarizga ham omad!!!

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +1

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

    • @sardorbekomonov912
      @sardorbekomonov912 2 года назад +2

      @@transformatsiya110 Assalom alekum transformatsiya ko'rsatuv jamoasi, agar imkoni bo'lsa, chetelda yurgan biznesini yo'lga qo'ygan martabali shaxslar bilan online interview lar qilishlarizi juda ham hohlar edik chunki ular bizdagi tadbirkorlikdagi anniq kamchiliklarni sanay oladi va maslahat bera oladi, yo'l ko'rsata oladi va biz yoshlarga yangi g'oyalarni berishi juda katta foyda bo'lar edi. Transformatsiya so'zi ham asl ko'rsatuv maqsadi ham shu emasmi, izla, top, o'rgan, o'zinga tadbiq qil, uzb ni rivojlantirishga hissangni qo'sh. Bu harakatlar yangi ko'rinishdagi jadidchilarga o'xshaydi, yani xalqni to'g'ri yo'lga bo'shlashni ko'zlaydi. Hammalarizga raxmat shunday ko'rsatuvlarni trendga chiqishini xohlayman. TRANSFORMATSIYA JAMOASI OMAD HAMMALARIZGA !!!!

  • @davlataxmadqulov516
    @davlataxmadqulov516 2 года назад +2

    Assalomu alekum ustozlar
    1 savolga javobini AL Forobiy haqida bilganlarim nisbatan yaxshiroq boshqalarga nisbatan chunki o'zim tarix fakultetida o'qeman shuning uchun ushbu inson haqida ko'pchilik bilmagan va millat umidi uchun foydali bo'lgan ilmni olib bilim o'rnida ishlatishiga yaraydigan ma'lumot bermoqchiman
    Ushbu insonni men sizga hozir ta'limda pedagogik qarashlarini yozmoqchiman bu hamma ilm ahli uchun kerak
    -amaliy va nazariy bilimlarning hayot bilan bog'liqligi
    -ilmiy bilimning qulayligi ( anglashning ilmiy metodi)
    -mantiqiylik va ketmaketlik
    --ilmiylik, ko'rgazmalilik
    -tizimlilik ( kuzatish va tajriba)
    -muhokama metodi va usullari
    1 isbotlilik
    2 dialektik yoki munozara metodi
    3 so'fiylik -ya'ni raqibni adashtirish metodi
    4 ritorik
    5 poetik
    - o'qitishning tajribaviy ko'rgazmalilik metodi
    -mashq - takrorlash ( o'qitishning umumiy metodi,,,etibor bering bu ikkitasi bir narsa o'rnida kelyapti,bir biriga bog'liq tushunchalar)
    - induksiya va dialektika metodi
    O'zim anchadan beri Umidjon aka Ustozimizni kitobini sotib olaman deb niyyan qilib yurgan edim. Niyyatim holis ekan manga shunday imkoniyat berildi
    In sha ALLOH niyyatimga yetaman
    Good luck to everyone
    97 128-17-01

  • @u.muhammed9878
    @u.muhammed9878 2 года назад +2

    Grandissimo 🔥

  • @muhiddinkarimov3629
    @muhiddinkarimov3629 2 года назад +1

    Assalomu aleykum .Hormaylar.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Ko'rsatuv sizga yoqdimi?

    • @sharifaumurzokova5022
      @sharifaumurzokova5022 2 года назад

      Хурматли умиджон сухбатилардан силарни укишингларда факат бой оилалар боласи укиса керак

  • @rustamibragimov9099
    @rustamibragimov9099 2 года назад +1

    Salom

  • @abdulhayabidjanov723
    @abdulhayabidjanov723 2 года назад

    Assalomu aleykum
    CHarchamela

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад

      Javob uchun rahmat! Keyingi sonlarda qaysi mehmonlarni taklif qilishimizni xohlaysiz?

  • @zovrruziev2849
    @zovrruziev2849 2 года назад +2

    Ассалому алекум устозларим, умриз узок булсин.

    • @transformatsiya110
      @transformatsiya110  2 года назад +2

      Assalomu Aleykum, ko'rsatuv haqida qanday fikrdasiz?

    • @zovrruziev2849
      @zovrruziev2849 2 года назад

      @@transformatsiya110 ассалому алекум устозларим, ман узим Россияда, Питердаман сизларни курсатувларизни кунт билан эшитиб урнак оламан хар доим, жуда хам марокли ва мазмунли, аьло даражада, 👍🇸🇱🙏, узим Бухоро шахриданман, умрлариз узок булсин азиз устозларим.

    • @zovrruziev2849
      @zovrruziev2849 2 года назад

      Рузиев Зойир Остонович.

  • @feruzyakubov1353
    @feruzyakubov1353 2 года назад

    Assalomu Alaykum

  • @ulugbekmirzamukhammedov5756
    @ulugbekmirzamukhammedov5756 2 года назад +1

    Хормелар

  • @axmetaxmetichv6153
    @axmetaxmetichv6153 2 года назад +1

    Ovmat

  • @oybekzoxidov931
    @oybekzoxidov931 2 года назад

    Umid akaga ohshagan tadbirkorlarda koprok intervyu oling omadizi bersin